Har bir tayyorlangan dars sizni natijaga olib chiqish uchun tuzilgan
Yolgʻonlar, qoʻrquvlar va ularni bartaraf qilish haqida gaplashamiz.
Uygʻoq va hushyor yashash.
Erkinlik va muvaffaqiyatning badali
Erkinlik va muvaffaqiyatning bizga keltiradigan foydalari va tahlikalari haqida gaplashamiz.
Erkinlik niqobi ostidagi tuzoqlardan xabardor boʻlish, undan himoyalana olish haqiqiy muvaffaqiyatning oʻzagi ekanligini anglash.
Gapirishning va anglashning 5 usuli (5 sanʼat) haqida mulohaza yuritamiz.
Rost va yolgʻonni ajrata olish va bu orqali manqurtdek yashamaslik baxtiga erishish.
Uylar, xonalar, ekranlar va yolgʻizlik
Borgan sari yolgʻizlashib borayotgan inson, uni kutayotgan muammolar va bu muammolarni bartaraf qilish, yolgʻizlikdan qutilish va saodatga erishish haqida gaplashamiz.
Hayotning har bir kunini, yonimizdagi har bir insonni, sevganlarimizni haqiqiy maʼnoda his qilib yashash va umrimizni behuda ishlar va yumushlardan tozalash.
Kirlangan va tozalangan insonlar
Insonlarning boshqalar tomonidan sindirilishi va yana qaytib tiklana olish jarayoni haqida gaplashamiz. Qahramonlar nima uchun yaratiladi va nima uchun yoʻq qilinadi?
Har qanday holatda ham kuchli, tushungan va muammoni bartaraf qila oladigan shaxsiyat.
Muz ustida yozilgan yozuv, yaʼni soxta bilimdan haqiqiy bilimni ajrata olish, manbalarga shubha bilan qarash, manipulyatsiyaga uchramaslik va qutilish chorasi oʻlaroq oʻz ustimizda ishlash haqida gaplashamiz.
Umrimizni haqiqatdan ham qadri va qiymati boʻlgan narsalarga, qarashlarga, gʻoyalarga, orzularga sarflashni oʻrganamiz.
Oiladagi radikal tarbiya va tarafkashlik
Jamiyatimizdagi tashkilotlar va oilalardagi radikal boshqaruv hamda tarbiya unsurlarini, axloq va tutumlarimizdagi nosogʻlom nuqtalarni tahlil qilamiz.
Oilada, oʻqishda, ishda va barcha munosabatlarda sogʻlom va durust qola olishning ahamiyatini oʻrganamiz.
Ham Allohning ham shaytonning quli
Ayni onda ham haq hamda nohaq tomonda turish, ham adolat saqlovchi hamda adolatsizlik qilish, ham marhamatli hamda zolim boʻlishning imkonsiz ekanligi haqida gaplashamiz. Haqqa xizmat niqobi ostidagi shaytoniy unsurlarni muhokama qilamiz.
Koʻzimiz moshday ochiladi.
Siz ham mana shu insonlar qatoriga kirasiz va hayotingiz ustidan toʻliq nazoratni olmoqchimisiz?